Milan klubi o'z safini frantsuz futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi

"Inter" ushbu yozda "Monako" himoyachisi Jibril Sidibeni sotib olmoqchi. Bu haqda
Footmarcato nashri xabar beradi. Milan klubi himoyaning o'ng tomonini kuchaytirishi kerak.
Transfermarkt 28 yoshli frantsuzni 8 million evroga baholamoqda. Sidibening joriy klubi bilan shartnomasi kelasi iyun oyida o'z nihoyasiga etadi.
Shuningdek, "Inter" Nainggolanni "Kalyari" himoyachisiga almashtirishni taklif qildi.