«Chelsi» hujumchisi Olive Jiru «Milan» jamoasiga o'tishga yaqin.

Manbalarning xabariga ko'ra, klublar deyarli 34 yoshli hujumchining transferi borasida kelishib olishgan. Qayd etilishicha, Milan klubi Olive uchun London klubiga 1 million evro to'laydi. Yana 1 million esa klubning Chempionlar Ligasiga kirishi va frantsuz futbolchisining o'tkazgan o'yinlari bilan bog'liq bitimning ba'zi shartlari bajarilgan taqdirda to'lanadi.

Mish-mishlarga ko'ra, Jiru «Milan» bilan 1 mavsumda 3,5 million evro maosh oladi va shartnoma bilan 2 yilga mo'ljallangan.