Football Italia nashrining xabariga ko'ra,  “Milan” futbolchisi Diego Laksalt faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Futbolchi xizmatiga Moskvaning ikki klubi TsSKA va “Spartak” qiziqib qolgan.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsuni Laksalt ijara asosida “Torino”da o'tkazmoqda. Futbolchining transfer narxi taxminan 10 million evroga baholanmoqda.