"Milan" futbolchisi La liga klubiga o'tishi mumkin

"Milan" hujumchisi Samu Kastilexo "Xetafe"ga o'tishga yaqin, deb xabar beradi AS nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, ispan klubi 26 yoshli futbolchining transferi bo'yicha
muzokaralarning so'nggi bosqichida.
2020/21 yilgi mavsumda Kastilexo "Milan" tarkibida 43 o'yinda maydonga tushib, 3 gol va 4 golli uzatma muallifi bo'lgan. Transfermarket portali futbolchining qiymatini 8 million evroga baholamoqda.