Italiyaning "Milan" klubi sport direktori Frederik Massaraning aytishicha, TsSKA Samuel Kastilexo bilan shartnoma imzolashga harakat qilmoqda.


"Ayni paytda Kastilexoga TsSKA jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda. Boshqa hech narsa deya olmayman", - dedi Massara.

TsSKA 26 yoshli Samuelni ijaraga olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Shartnomada futbolchini 8-10 million evroga sotib olish varianti bo'lishi mumkin.