"Milan" Fabregasni faqat tekinga qo'lga kiritmoqchi

"Milan" klubi "Chelsi" yarimhimoyachisi Sesk Fabregas xizmatlariga qiziqmoqda ammo uni faqat erkin agent sifatida qo'shib olishga tayyor.
31 yoshli futbolchining londonliklar bilan shartnomasi ushbu mavsum oxirigacha tuzilgan va u APL o'yinlarida madonga kam tushmoqda.
"Milan" moliyaviy feyr-pley muammosi tufayli transferlarga xarajat qila olmaydi.
"Milan"ning xohishicha, Fabregas "Chelsi" rahbariyatini shartnomani bekor qilish yoki uni ijaraga berishga ko'ndirishi kerak.
Avvalroq "Milan" Fabregasni 4 mln evroga sotib olishga tayyor ekani, "Chelsi" esa uning uchun 8 mln evro so'rayotgani xabar qilingan edi.