«Milan» klubi Norvegiyaning «Bude-Glimt» klubi hujumchisi Yens Xeugega qiziqib qoldi. "Rossoneri" 20 yoshli futbolchining transferi borasida norvegiyaliklar bilan muzokara boshladi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar tarqatdi.

Ma'lumot o'rnida. Evropa ligasi 3-bosqichi doirasida payshanba kuni «San-Siro»da bo'lib o'tgan uchrashuvda (3:2) Xeuge «Milan» darvozasiga gol urdi.

Forvard Norvegiya chempionatining 2000 yilgi mavsumida 17ta uchrashuvda maydonga tushib, 14ta gol urdi.