"Milan" Angliyadan yarim himoyachi xarid qiladi. Xabarlarga ko'ra, "Chelsi" futbolchisi Ruben Loftus-Chik milanliklar safiga borib qo'shiladi. 27 yoshli futbolchi uchun "Milan" 15 million evro to'lashi kutilmoqda.

"Chelsi" bilan Loftus-Chikning amaldagi bitimi 2027 yilgacha imzolangan. Shuningdek, "Milan" futbolchining natijalariga qarab yana 5 millionni Londonliklar hisobiga o'tkazib beradi.

Manba: bbc.com