"Milan" "Breshiya"ga Tonali uchun 12 million evro to'laydi
.jpg)
Manbaga ko'ra, "Milan" "Breshiya" yarim himoyachi Sandro Tonalining transferi borasida kelishib olishgan.
Milan klubi 7 million evro + 5 million bonus sifatida to'laydi.
Tonalining "Milan" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan. Bitimning rasmiy tasdig'i payshanba kuni amalga e'lon qilinadi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda yarim himoyachi «rossonerilar» safida ijarada o'ynagan edi.