"Arsenal" o'z futbolchisini sotishga tayyor. Xabarlarga ko'ra, jamoa ustozi Mikel Arteta himoyadagi qolipni o'zgartirishni istamaydi.

Shu sabab, o'z futbolchisi Vilyam Salibani "Marsel"ga sotishi mumkin. Agarda Salibaning o'zi Frantsiyada qolish niyatida bo'lsa, u holda "Arsenal" uni sotuvga qo'yadi.

Ammo jamoa muxlislari Salibani Londonga qaytarishni so'ramoqda. 22 yoshli markaziy himoyachi "Emireyts"da Gabriel hamda Ben Uayt bilan raqobat qilishiga to'g'ri keladi.

Manba: caughtoffside.com