Messining "Barselona"ga qaytishi mumkinligi haqida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi

Argentinalik hujumchi Lionel Messi Kataloniyaning “Barselona” klubiga qaytishni istamoqda.
Catalunya Radio xabariga ko'ra, futbolchining agenti va otasi Xorxe Messi tez orada "ko'k-anorranglilar" rahbariyati bilan muzokaralar olib boradi.
Manbaning ta'kidlashicha, Lionelning o'zi bu borada jamoa bosh murabbiyi Xavi Ernandes bilan shaxsan muloqot qiladi. Klubdagi barcha Messining tanlovini qo'llab-quvvatlamoqda va uning “Kamp Nou”ga qaytishini kutishmoqda.
Leo hozir Frantsiyaning "PSJ" jamoasida o'ynamoqda. Uning parijliklar bilan shartnomasi shu mavsum oxirigacha mo'ljallangan.
Messi "Barselona" tarbiyalanuvchisi. U 2005 yildan 2021 yilgacha Kataloniya jamoasi sharafini himoya qilgan.