Messi va uning oilasi Kataloniyaga qaytishni xohlamoqda

Lionel Messi "PSJ" bilan yangi shartnoma imzolamaydi.
Leo "Barselona"ga qaytish haqida o'ylamoqda. Bundan tashqari, Leoning oilasi yana Kataloniyada yashashni istamoqda, bu esa argentinalikni shu yozda "ko'k-anorranglilar" safiga ko'chib o'tishga undamoqda.
Eslatib o'tamiz, Messining "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida yakunlanadi.