“Manchester Yunayted” yozda yangi o'ng qanot himoyachisini sotib olishni rejallashtirmoqda. 

Mankunianliklarning  short-listida PSJ himoyachisi Toma Mene joy olgan. “MYu” rahbariyati belgiyalik futbolchini, yozda jamoani tark etishi aniq bo'lib ulgurgan Antonio Valensiya o'rniga sotib olmoqchi. 

Shuningdek, “Yunayted” Aaron Uan-Bissaka (“Kristal Pelas”) va Kiran Tripper (“Tottenxem”) nomzodlarini ham o'rganib chiqmoqda, biroq Mene varianti ko'proq “qizil iblislar”ni qiziqtirmoqda. 

Ma'lumot o'rnida, Menening PSJ bilan tuzgan shartnomasi2020 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.