"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasidagi jamoadoshi Randal Kolo-Muanini Parij jamoasiga o'tishga ko'ndirmoqchi.

Jurnalist Kristian Falkning xabariga ko'ra, futbolchilar o'rtasida ehtimoliy transfer borasida muzokaralar olib borilmoqda.

Avvalroq, Frankfurtning “Ayntraxt” klubi Kolo-Muanini yozda 100 million evro evaziga qo'yib yuborishga rozi bo'lishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Hujumchiga "Bavariya" ham da'vo qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, "PSJ" 21 ta gol bilan A seriya to'purari bo'lgan "Napoli"dan Viktor Osimxen transferini ham ko'rib chiqmoqda. Kolo-Muanining hisobida Bundesligada 13 ta gol va 10 ta golli uzatma bor.