“Proyssen Myunster” hujumchisi Tsiril Akono faoliyatini Bundesligada davom ettiradi. 

19 yoshli futbolchi “Maynts” safiga o'tdi, deb xabar beradi klubning rasmiy sayti.Ushbu transfer 300 ming evroga amalga oshdi, futbolchining shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan. 

Ma'lumot o'rnida, Akono joriy mavsum 15 ta o'yinda ishtirok etib bitta gol urdi.