Whoscored portali Evropaning top-5 chempionatlarida 2019/20 yilgi mavsumda amalga oshirilgan eng yaxshi transfer ramziy jamoasini tuzib chiqdi.

Ushbu jamoa hujum chizig'idan Zlatan Ibrahimovich («Milan»), Vissam Ben-Yedder («Monako») va Erling Xoland («Borussiya» D) o'rin olishdi.

2019/2020 yilgi mavsumning eng yaxshi transferlari ramziy jamoasi:

Darvozabon: Yossi Yoronen («Breshiya»).

Himoyachilar: Teo Ernandes («Milan»), Kevin Mbabu («Volfsburg»), Mats Xummels («Borussiya» D), Xarri Maguayr («Manchester Yunayted»).

Yarim himoyachilar: Teji Savane («Monpele»), Idrissa Geye («PSJ»), Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»).

Hujumchilar: Zlatan Ibrahimovich («Milan»), Vissam Ben-Yedder («Monako»), Erling Xoland («Borussiya» D).