Marselo «Real»ni tark etish niyati borligini rahbariyatga ma'lum qildi

«Real» himoyachisi Marselo boshqa jamoaga o'tishni istamoqda.
Telemadrid tarqatgan xabarga ko'ra, braziliyalik futbolchi "Qirollik klubi" rahbariyati bilan uchrashib, «Yuventus»ga o'tish niyati borligini ochiq-oydin izhor qildi.
Santyago Solari bosh murabbiyga aylanganidan keyin Marselo asosiy tarkibda kam maydonga tushmoqda. U 22 yoshli Serxio Regilon bilan raqobatda imkoniyatni boy bermoqda. Krishtianu Ronaldu esa uni Turiniga chorlamoqda.