"Marsel" "Santos" himoyachisini sotib olishga yaqin turibdi

Manbaga ko'ra, "Marsel" "Santos" himoyachisi Luan Peresni sotib olishga yaqin turibdi.

Frantsiya klubi shartnomaning so'nggi tafsilotlarini yakunlamoqda. "Marsel" futbolchi uchun 4,5 million evro to'laydi.

Oldinroq "Marsel" himoyachi Leonardo Balerdi huquqlarini sotib olgani ma'lum bo'lgandi.