"Marsel" "Arsenal" futbolchisini ijaraga oladi. Ammo...

"Arsenal" o'z futbolchisini ijaraga berishni o'ylab ko'rmoqda. Xabarlarga ko'ra, "Marsel" "to'pchilar" himoyachisi Nunu Tavaresh uchun qiziqish bildirmoqda. Frantsiya klubi futbolchini ijaraga olishga tayyor.
Agarda "Arsenal" Tavaresh o'rnini to'ldira olsa, u holda 22 yoshli qanot himoyachisini Frantsiyaga jo'natadi. U o'tgan yozda "Benfika"dan 8 million funtga xarid qilingandi.
Manba: bbc.com