"Marsel" "Arsenal" futbolchisi transferini e'lon qildi (video)

Frantsuz yarim himoyachisi Matteo Genduzi "Marsel"ning futbolchisiga aylandi, deb xabar beradi frantsuz klubi rasmiy sayti.
Xabar qilinishicha, "Marsel" yarim himoyachini keyinchalik sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olgan.
Avvalroq OAVda ta'kidlanganidek, frantsuz klubi "Arsenal"ga futbolchining ijarasi uchun 1 million evro to'laydi va agar marselliklar Genduzini sotib olishga qaror qilsalar, qo'shimcha 10 million to'lashlari kerak.
O'tgan mavsumda Genduzi "Gerta"da o'ynadi. U 24ta o'yin o'tkazib, 2ta gol urgan va 1ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram