2022 yilgi jahon chempionatida terma jamoasi bilan to'rtinchi o'rinni egallagan marokashlik yarim himoyachi Sofyan Bufal Qatarning "As-Sadd" klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri xabar bermoqda.

Ayni paytda 29 yoshli futbolchi Frantsiyaning "Anje" klubida o'ynamoqda.

Ayni damda "As-Sadd” Qatar chempionati turnir jadvalida 16 ochko jamg'arib, oltinchi o'rinda bormoqda.