Mariano Dias «Real»dan ketishni istamayapti

"Real" hujumchisi Mariano Dias jamoani tark etishni istamayapti. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, Zidan boshchiligidagi murabbiylar shtabi yangi mavsumda 25 yoshli futbolchiga urg'u bermayotgan bo'lsa-da, dominikanlik o'yinchi "Santyago Bernabeu"da qolishni istamoqda.
Uning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar tuzilgan. Uning transfer narxi - 20 million evroga baholanmoqda.
Mariano Dias o'tgan mavsumda "Real" safida barcha musobaqalar doirasida 19ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi.