"Manchester Yunayted" yaqin soatlar ichida Meyson Mauntni ommaga tanishtiradi

"Manchester Yunayted" Meyson Mauntni tez orada rasman tanishtiradi. Fabritsio Romano bergan ma'lumotga ko'ra, yarim himoyachining tibbiy ko'rigi yaxshi o'tgan.
Erik ten Xag Mauntni o'z rejalarining asosida ko'rmoqda. U "Chelsi"dan 55 million funtga xarid qilingan edi. 24 yoshli futbolchi "qizil iblislar" bilan 4 yillik bitim tuzgan.
Manba: caughtoffside.com