"Manchester Yunayted" unga 35 million taklif qildi

"Manchester Yunayted" hujumchi sotib olish borasida harakatlarni davom ettiradi. Xabarlarga ko'ra, Erik ten Xag jamoasi yaqindagina "Atalanta" hujumchisi Rasmus Xyoylunn uchun 35 million evrolik taklif yuborgan.
20 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda porlagan edi. Daniya terma jamoasi a'zosi mavsum davomida 16 ta golga mualliflik qilgan. "MYu" uni Marsyalning o'rnini egallaydi deb hisoblaydi.
Manba: caughtoffside.com