"Manchester Yunayted" u uchun 5 million evro to'lashga tayyor

"Manchester Yunayted" darvozabon masalasida jiddiy izlanmoqda. Xabarlarga ko'ra, "MYu"ga "Urava Reds" posboni Zion Suzuki kerak.
20 yoshli futbolchi 2017 yildan beri "qizil iblislar" kuzatuvida ekani aytilgan. Mankunianliklar u uchun 5 million evro to'lashga tayyor. Suzuki o'tgan mavsumda ichki chempionatda 28 ta o'yindan 11 tasini quruq o'tkazgan.
Manba: caughtoffside.com