"Manchester Yunayted" darvozabon xaridiga yaqin keldi. Xabarlarga ko'ra, "Inter" posboni Andre  Onana tez orada "MYu"ga o'tadi. Bu haqida Italiya matbuoti xabar tarqatdi.

Erik ten Xag o'zining sobiq shogirdini jamoasida ko'rishni istamoqda. EChL finalchisi uchun "MYu" 60 million evroga tushishi aytilgan. Onana "qizil iblislar" safida David De Xea o'rnini egallaydi.

Manba: teamtalk.com