«Manchester Yunayted» Rays uchun 34 mln evro taklif qildi

“Vest Xem” himoyachisi Deklan Rays “Manchester Yunayted”ning nazariga tushdi.
Mankunianliklar 20 yoshli futbolchi uchun 34 mln evro taklif qildi.
Ma'lumot o'rnida, Raysning “bolg'achilar” bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.