"Manchester Yunayted" Onana bilan tuzadigan shartnoma shartlari ma'lum bo'ldi

"Manchester Yunayted" va Andre Onana o'rtasida kelishuvga kelingan. Xabarlarga ko'ra, "Inter" darvozaboni "qizil iblislar" safiga o'tishga juda yaqin kelgan. Kamerunlik futbolchi Angliya giganti bilan besh yillik bitimga imzo chekadi.
U APLda yillik 7 million evro maosh bilan ta'minlanishi aytilgan. 27 yoshli darvozabon uchun "Inter" 60 million evro talab qilmoqda. U o'tgan mavsumda EChL va A seriyada porlagan edi.
Manba: caughtoffside.com