«Manchester Yunayted» o'z futbolchisi bilan vaqtinchalik xayrlashadi

«MYu» yosh futbolchisi Amad Dialloni transferlar oynasi yopilishidan oldin ijara asosida qo'yib yuboradi. Xabarlarga ko'ra, o'ng qanot hujumchisi Sancho kelganidan so'ng, jamoada keraksiz bo'lib qolgan.
U Kot-dIvuar termasi tarkibida yozgi olimpiadadan keyin ta'tilga chiqqan va qaytgach, kelishib olinadi. 19 yoshli futbolchi yanvar oyida «Atalanta»dan 37 million funtga xarid qilingan edi. Shu paytgacha Amad asosiy tarkibda 2 marta, umumiy esa 8 marta maydonda harakat qilishga muvaffaq bo'lgan.
Manba: bbc.com