"Manchester Yunayted" hujumchisiga Londondan talabgor bor

"Manchester Yunayted" o'z hujumchisini sotadi. Xabarlarga ko'ra, "Vest Xem Yunayted" Antoni Marsyalga qiziqish bildirmoqda. Har ikki tomon bu borada kelishib olgan.
Ammo orada bir muammo vujudga kelmoqda. U ham bo'lsa, hujumchining maoshidir. Frantsiyalik futbolchi Saudiya Arabistonidan ham taklif olgan. Shu sabab "Vest Xem"dan katta maosh talab qilishi aytilgan.
Manba: caughtoffside.com