"Manchester Yunayted" futbolchisi jamoadan ketadi. Xabarlarga ko'ra, "qizil iblislar" himoyachisi Alvaro Fernandes "Byornli" qiziqishlari doirasida turibdi. 20 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda "Preston" safida porlagan edi.

Shu sabab "Byornli" uni 1 mavsumga ijaraga olishni ko'rib chiqmoqda. Fernandes AQShdagi mavsumoldi o'yinlarida jamoa bilan birga edi.

Manba: bbc.com