"Manchester Yunayted" himoyachisi APLning boshqa klubiga ketmoqda

"Manchester Yunayted" futbolchisi tez orada jamoani tark etadi. Xabarlarga ko'ra, "qizil iblislar" himoyachisi Teden Mengi "Luton Taun" radariga tushgan.
21 yoshli futbolchi tez orada yangi jamoaga o'tadi. U o'tgan ikki mavsumni "Derbi Kaunti" va "Birmingem Siti"da o'tkazgan edi. Mengi "MYu"ning 23 yoshli jamoasi a'zosi sanaladi.
Manba: bbc.com