"Fulxem" yarim himoyachisi Joau Palinya Evropaning bir qator gigantlarining nishonida turibdi.

Futbolchiga nafaqat "Bavariya", balki Angliya Premer-ligasidagi yuqori maqomga ega klublar ham qiziqish bildirishmoqda.

TEAMtalk nashri xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" Palinya uchun kurashga qo'shilgan. “Qizil iblislar” ham 28 yoshli portugaliyalikni o'z tarkibida ko'rmoqchi.

2023/2024 yilgi mavsumda Joau Palinya 14 o'yin o'tkazib, ikkita gol urgan.

Transfermarkt portali futbolchining narxini 55 million evroga baholamoqda. Futbolchining "Fulxem" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.