"Manchester Yunayted" "Chelsi" hujumchisi Kallum Xadson-Odoiga qiziqmoqda, deb xabar tarqatdi "Daily Mail".

Manbaning yozishicha, "qizil iblislar" futbolchini yozda sotib olmoqchi. "Chelsi" hujumchi uchun kamida 40 mln evro talab qilmoqda. Xadson-Odoining shartnomasi 2020 yil yozida tugaydi.

Bundan tashqari, Xadson-Odoiga "PSJ", Dortmundning "Borussiya"si va "Liverpul" ham da'vogarlik qilmoqda.

Joriy mavsumda 18 yoshli hujumchi 24 ta o'yinda 6 ta gol urib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.