"Manchester Yunayted"ning qishki transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri - himoyachi sotib olish.

Mirror nashri xabariga ko'ra, "qizil iblislar" Jan-Kler Todibo uchun taklif tayyorlamoqda. APL klubi "Nitstsa"ning 23 yoshli futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

2023/2024 yilgi mavsumda Todibo "Nitstsa" tarkibida 12 ta rasmiy o'yin o'tkazdi. Ularda himoyachi bitta golli uzatma berdi.

Transfermarkt portali Jan-Kler Todiboni 30 million evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, “Manchester Yunayted” hozirda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida atigi ettinchi o'rinni egallab turibdi.