"Manchester Yunayted" bu futbolchi uchun "Arsenal" bilan kurashga kiradi

"Manchester Yunayted" hamda "Arsenal" bir futbolchi uchun kurash olib borishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, APLning har ikki giganti ham "Latsio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichni nishonga olgan.
Serbiyalik futbolchining Rimdagi bitimi 2024 yilga qadar mo'ljallangan. Qishki transferlar oynasida "MYu" va "Arsenal" uni sotib olishga urinib ko'radi.
Manba: caughtoffside.com