"Manchester Yunayted" 45 million evrolik himoyachini kuzatish uchun skaut yubordi

"Manchester Yunayted" yozda markaziy himoyachi sotib oladi. Xabarlarga ko'ra, "Sporting" futbolchisi Goncalu Inasiu "qizil iblislar" radarida turibdi. 21 yoshli himoyachini kuzatish uchun ingliz giganti o'z skautlarini yuborgan.
Bu haqida Portugaliya matbuoti xabar tarqatdi. Inasiuning shartnomasida 45 million evrolik tovon puli mavjud. Portugaliyalik futbolchi "MYu"da Xarri Maguayr va Viktor Lindelyofning o'rnini egallaydi.
Manba: caughtoffside.com