"Manchester Yunayted" yozda "Atletiko"dan hujumchi xarid qilishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, madridliklarning "Chelsi" safida ijara asosida harakat qilayotgan futbolchisi Jaou Feliks "MYu"ga yo'l olishi mumkin.

U uchun "Chelsi"ning o'zi ham da'vogarlik qilishi aytilgan. Feliks 11 million evro evaziga "Chelsi"ga ijaraga berilgan edi. "Atletiko" 23 yoshli vingerni 127 million evro evaziga "Benfika"dan xarid qilgandi.

Manba: bbc.com