"Manchester Siti" 2021 yilning yanvar oyida "Barselona" sardori Lionel Messi bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar tarqatdi.

FIFA qoidalariga ko'ra, futbolchining klub bilan shartnomasi yakunlanishiga 6 oy vaqt qolganida u bilan muzokara boshlash mumkin. Shu bois, "shaharliklar" qishki transfer paytida u bilan kelishuv imzolashmoqchi.

"Barsa"dagi ichki tartibsizliklardan foydalanib, "Siti" argentinalik futbolchini qo'lga kiritishiga ishonmoqda.