“Manchester Siti” “Vest Bromvich” hujumchisi  Morgan Rojersni sotib olmoqchi.

The Telegraph nashrining ma'lumotiga qaraganda, “shaharliklar” “yangi Dele Alli” uchun 5 mln evro to'lamoqchi.

Angliyalik futbolchi “Siti” safida tibbiy ko'rikdan ham o'tib bo'lgan.

Ma'lumot o'rnida, Rojers “Vest Bromvich”ning asosiy safida bitta o'yin o'tkazdi.