"Manchester Siti" turk futbolchisini sotib olmoqchi

"Manchester Siti" rahbariyati tarkibni "Lester" himoyachisi Chaglar Soyunchu bilan kuchaytirmoqchi, deb yozadi Posta nashri.
Shuningdek, turkiyalik futbolchiga "Real" va "Barselona" da'vogarlik qilmoqda, ammo Soyunjchi "Siti"ga o'tishni istamoqda, sababi u "shaharliklar"ning yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan bilan do'st.
Transfermarket portali Chaglarning narxini 45 million evro etib belgilagan.