«Manchester Siti» qishki transfer oynasida faol bo'lmoqchi emas

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola yanvar oyidagi transfer oynasida hech kim xarid qilinmasligini aytib o'tdi.
«Menimcha, mavsumni shu tarkib bilan yakunlaymiz. Oldindan nima bo'lishini ayta olmayman. Lekin Abu-Dabidan qaytganimdan buyon birorta nomzodni muhokama qilmadik», — deydi ispaniyalik mutaxassis.
«Shaharliklar» APL jadvalida 32 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda. Musobaqa etakchisi «Arsenal»dan 8 ochko ortda.