Yan Kouto "Manchester Siti"ni tark etib, Dortmundning "Borussiya" jamoasiga o'tishi mumkin.

Dortmund klubi braziliyalik o'ng qanot himoyachisiga qiziqish bildirmoqda va u bilan og'zaki kelishuvga erishdi, deya xabar beradi Sky Sport nashri.

"Borussiya" 22 yoshli futbolchi uchun 20-25 million evro to'lashga tayyor, "shaharliklar" esa bundan ham yuqoriroq summani talab qilishmoqda. Muzokaralar davom etmoqda.

Kouto so'nggi ikki mavsumni "Jirona"da ijara asosida o'tkazdi.