"Manchester Siti" futbolchisi jamoadan ketadi. Xabarlarga ko'ra, "Byornli" "shaharliklar" darvozaboni Jeyms Traffordni sotib olish bo'yicha kelishuvga erishgan.

20 yoshli futbolchi uchun Vensen Kompani jamoasi 15 million funt avvaldan, va 4 millionni bonuslar shaklida to'lab beradigan bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, APLning yangi mavsumi 1 turida "Byornli" "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushadi. Trafford  esa ayni damda Angliya yoshlar terma jamoasi Evropa chempionatining yarim finaliga etib keldi.

Manba: bbc.com