"Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi Angliya terma jamoasida ish boshladi

"Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi murabbiyga aylandi. Xabarlarga ko'ra, "shaharliklar"ning afsonalaridan biri bo'lgan Yaya Ture Angliyaning 21 yoshgacha bo'lgan terma jamoasiga murabbiy bo'lgan.
U endilikda yosh inglizlarga Germaniya hamda Italiyaga qarshi bahslarda yordam beradi. Ture bundan oldin "Tottenxem" akademiyasida faoliyat yuritgan.
Manba: caughtoffside.com