Goal portali xabariga ko'ra, «Manchester Siti» va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi, 27 yoshli Eymerik Laport «Barselona»ga o'tishi mumkin.

Manbaning xabar qilishicha, «ko'k-anorranglilar» futbolchiga bo'lgan qiziqishni qayta tiklashga qaror qilgan. O'tgan yili tomonlar kelisha olmagandi.

Futbolchining «shaharliklar» bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Ispaniyalik futbolchining narxi 50 million evroga baholanmoqda.

U «Manchester Siti»ga 2018 yilda Bilbaoning «Atletik» klubidan 65 million evro evaziga kelib qo'shilgandi.

APLning joriy mavsumida u 29 o'yinda qatnashib, uch bor raqib darvozasiga aniq zarba bera oldi.