"Manchester Siti" Mendi o'rniga nomzod topdi

"Manchester Siti" yozda APL klubidan futbolchi sotib oladi. Xabarlarga ko'ra, "Brayton" himoyachisi Mark Kukurelya "shaharliklar" radariga tushgan.
"Manchester Siti" mavsum davomida chap qanot himoyasida muammolarga duch keldi. U pozitsiyada harakat qilgan Benjamin Mendi qamoqqa olingani sabab ushbu muammo vujudga kelgan.
Kukurelya esa uning o'rnini egallashi mumkin. U o'tgan yozda "Xetafe"dan "chag'alaylar" tarkibiga kelib qo'shilgandi.
Manba: futaa.com