"Manchester Siti" yangi mavsum oldidan o'z hujumchisidan ayriladi. Fabritsio Romanoga ko'ra, Riyad Maxrez uchun Saudiya Arabistoni klubi "Al-Ahli" rasmiy taklif yuborgan.

"Al-Ittihod" esa "shaharliklar" yulduzini sotib olmasligini bildirdi. Ayni damda faqatgina "Al-Ahli" 31 yoshli futbolchiga da'vogar bo'lib turibdi. Maxrez yakuniga etgan mavsumda 47 ta o'yinda maydonga tushgan edi.

Manba: caughtoffside.com