"Manchester Siti" hujumchisi London klubiga yo'l oladigan bo'ldi

"Vest Xem Yunayted" Angliya chempionlaridan futbolchi xarid qiladi. Xabarlarga ko'ra, "bolg'achilar" 19 yoshli Karlos Borjesni sotib olishga yaqin turibdi.
"Shaharliklar" hujumchisi ayni damda 14 million funtga baholanmoqda. U uchun "Brayton" ham qiziqish bildirgan. Portugaliyalik futbolchi Devid Moyesda yaxshi taassurot qoldirgan edi.
Manba: caughtoffside.com