«Manchester Siti» futbolchisi shartnomani bir qismi bo'lishni istamadi

«Manchester Siti» klubi futbolchisi Bernardo Silva Harri Keyn transferi bir qismi bo'lishni istamasligini bildirdi. Bunday g'oya yozning boshida taklif qilingan edi. Ammo Silva bunga qarshi chiqqan.
U undan ko'ra, Ispaniyaga ketishni afzal ko'rmoqda. 27 yoshli futbolchiga ushbu yozda yaxshi taklif chiqsa, ketishga ruxsat berilishi haqida ma'lum qilingan. Bu haqda portugaliyalikning agenti Xorxe Mendez ham aytib o'tgan.
Manba: futaa.com